Oʻtmas jismlar taʼsirida ichki aʼzolar jarohatlanishlarini yetkazilish muddatlarini sud-tibbiy baholash
Ushbu dissertatsiya oʻtmas jismlar taʼsirida ichki aʼzolar jarohatlanishlarini etkazilish muddatlarini sud-tibbiy baholashga bagʻishlangan. Tadqiqotda oʻtmas jismlardan ichki a'zolarning jarohatlanishlari natijasida oʻlim muddatini va kelib chiqish mexanizmini ichki a'zolarning morfostrukturaviy oʻzgarishlari asosida oʻrganish algoritmi ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijasida buyrak, oʻpka, jigar, taloq kabi a'zolarni oʻtmas jismlar ta'sirida shikastlanishidan oʻlim koʻrsatkichi yuqori boʻlganligi va bu holatlarning koʻpchiligi 25-55 yosh oraligʻidagi shaxslarda kuzatilganligi aniqlangan. Shuningdek, oʻtmas jismlar taʼsirida ichki aʼzolarning jarohatlanishi natijasida oʻlim turini aniqlash uchun mikroskopik va morfometrik malumotlarni patomorfologik oʻzgarishlari (dissirkulyatsion oʻzgarishlar, qon tomirlarining spazmi, venoz toʻlaqonlik, distrofik va nekrotik oʻzgarishlar) asosida qoʻshimcha sud-tibbiy mezonlar ishlab chiqilgan.