O'quvchilarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik mexanizmlari
Oʻquvchilarning ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik mexanizmlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasida V2022.2.PhD/Ped3451 raqam bilan roʻyxatga olingan dissertatsiyasi avtoreferati Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida bajarilgan. Dissertatsiya avtoreferati uch tilda (oʻzbek,rus, ingliz (rezyume)) Ilmiy kengashning veb-sahifasida (www.fdu.uz.) va «Ziyonyet»Axborot ta'lim portalida (www.ziyonet.uz) joylashtirilgan. Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna pedagogika fanlari doktori, professor. Rasmiy opponentlar: Mahkamov Ulfat Ilxamovich, Abdullayeva Shahzoda abdullayevna pedagogika fanlari doktori, professor. Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti. Dissertasiya himoyasi Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 raqamli Ilmiy Kengashning 2023 yil “_” kuni soat _ dagi majlisida boʻlib oʻtadi. (Manzil: 111720, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Amir Temur koʻchasi, 104-uy.) Tel.: (+998) 70-712-27-55; faks: (+998) 70-712-45-41; ye-mail: cspi_kengash@umail.uz). Dissertasiya bilan Chirchiq davlat pedagogika universitetining Axborot-resurs markazida tanishish mumkin (_ raqami bilan roʻyxatga olingan). Manzil:111720, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Amir Temur koʻchasi, 104-uy. Tel.: (998) 70-712-27-55; faks: (+998) 70-712-45-41 Dissertasiya avtoreferati 2023 yil _ kuni tarqatildi. (2023 yil _ dagi _ raqamli reyestr bayonnomasi). U. N. Xodjamqulov Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi, p.f.d (DSc), dotsent F. T.Rajabov Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash kotibi, geografiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent V.Fayziyev Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar raisi, b.f.d. (DSc), professor. KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi annotasiyasi) Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda pedagogika fan sohasining innovatsion taraqqiyot sari yuz burishi umumiy o'rta ta'limning tashkiliy, ta'limiy va tarbiyaviy jabhalarida tub oʻzgarishlarga sabab bo'lmoqda. Jumladan, mutaxassislarda ijtimoiy javobgarlik shakllanganlik darajasining eng muhim masalaga aylanayotganligi ta'lim oluvchilarning ijtimoiy tayyorgarligiga jiddiy e'tibor qaratishni taqozo qilmoqda. Ta'lim jarayoniga joriy etilayotgan innovatsion yangiliklar, zamonaviy pedagogik yondashuv va paradigmalar samarasi oʻqituvchining kasbiy-pedagogik kreativligiga bevosita bogʻliq. Ta'lim mazmuni va sifatini oshirishga qaratilgan xalqaro hujjatlar, xususan, Sorbonna deklarasiyasi (Sorbonne Declaration, 1998), Jahon ta'lim forumi (World Education Forum, 2000), BMTning “Ming yillik deklarasiyasi” (UN “Millennium Declaration