O‘tkir Hoshimov asarlarida an’ana va qadriyatlar talqini
Bitiruv malakaviy ishida O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin milliy qadriyatlarga bo'lgan munosabatning o'zgarishi, badiiy adabiyotda xalqimizga xos qadriyatlar va urf-odatlarning aks etishi masalalari ko'rib chiqilgan. O'tkir Hoshimovning asarlarida milliy urf-odatlar va qadriyatlar talqini, ularning badiiy asardagi vazifalari, yozuvchining milliy an'analar tasviridagi o'ziga xosliklari, millat ma'naviyatida tutgan o'rni va ularning badiiy inkishofi ko'rsatib beriladi. Shuningdek, Oʻ.Hoshimov asarlarida obraz badiiy evolyutsiyasining oʻziga xosliklarini oʻrganish, qahramon ruhiyati masalasi nazariy jihatdan umumlashtiriladi.