POLIMERLI KOMPOZITSION MATERIALLAR
Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Polimerli kompozitsion materiallar" fani boʻyicha tayyorlangan bo'lib, unda fanining mazmuni, maqsad va vazifalari, fanining boshqa fanlar bilan bogʻliqligi, talabalardan talab etiladigan bilim, koʻnikma va malakalar, shuningdek, oʻquv jarayonini tashkil etish texnologiyalari yoritilgan. Majmuada materialshunoslik, mashinasozlik, energetika va boshqa texnik yo'nalishlarda tahsil olayotgan talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun moʻljallangan maʼruza, laboratoriya va amaliy mashgʻulotlarning texnologik kartalari, nazariy va amaliy mashgʻulotlar uchun savollar, shuningdek, test savollari ham keltirilgan.