Patentshunoslikka kirish
Ushbu uslubiy qo'llanma "Patentshunoslikka kirish" fanidan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tayyorlangan. Unda O'zbekiston Milliy universiteti professori Baxtiyor Omonov tomonidan patentshunoslikning nazariy va amaliy jihatlari, intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish masalalari, xalqaro konvensiyalar, milliy qonunchilik, patent axboroti va tadqiqotlari, innovatsion faoliyatning asoslari, intellektual mulkni boshqarish, shuningdek, intellektual mulk huquqi rivojlanish tarixi va xalqaro hujjatlar haqida ma'lumotlar berilgan. Qo'llanma O'zbekiston milliy universitetining ilmiy-uslubiy kengashining tavsiyasiga asosan nashr etilgan bo'lib, bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan.