🔍

O’simlikshunoslik

Ushbu kitobda "O'simlikshunoslik" fanining dolzarb mavzulari, jumladan donning morfologiyasi, biologiyasi, o'sish davrlari, ulardan olinadigan mahsulotlar va ularning XO'jalik ahamiyati, shuningdek, o'simliklarni yetishtirish texnalogiyasi haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Kitobda g'alla ekinlari, moyli ekinlar, dukkakli-don ekinlari, ildizmevali ekinlar, yem-xashak o'tlari, tolali ekinlar, texnik ekinlar, va ularning turlari, navlari hamda ular bo'yicha nazorat savollari keltirilgan. Bu kitob talabalarga "O'simlikshunoslik" fanini chuqurroq o'zlashtirishda va agrotexnika tadbirlarini to'g'ri qo'llash ko'nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

🔑 Kalit soʻz🎯 80.4%

Kоsоnsоy PTK tоla tоzalash texnоlоgik jarayonin takоmillashtirib qayta lоyixalash

Ushbu diplom loyihasi «Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi» kafedrasi tomonidan berilgan topshiriqqa asosan Kosonsoy PTK tola tozalash texnologik jarayonini takomillashtirib qayta loyixalash mavzusida olib borildi. Amaliyot davrida bitiruv malakaviy ishini mavzusi bo'yicha kerakli nazariy va amaliy ma'lumotlar to'plandi. Texnologik bo'limda Kasonsoy paxta tolasi A/J ning bosh rejasini hisoblash ishlari olib borilib, korxonaning bosh rejasi chizildi va quritish-tozalash, jinlash, linterlash va presslash sexidagi uskunalar haqida ma'lumot berildi, tayyor mahsulotlar balansi kiritildi. Mexanika bo'limida Kasonsoy paxta tolasi A/Jdagi 1VP rusumli tolatozalash mashinadagi tozalash samaradorligini oshirish maqsadida barabanlar sonini 2 ta qilib, kolosniklarni yengillashtirdik. Nazariy taxlil asosida tozalash samaradorligini 10% ga ortishga erishdik va kolosniklarga sarflanadigan materialni iqtisod qilishga erishdik. Iqtisodiy bo'limda taklif etilgan 1VP rusumli tolatozalagich o'zgartirishlar asosida hisob-kitoblar qilinib Kasonsoy paxta tolasi A/J uchun 1 yillik iqtisodiy samarasi va mavjud tolatozalagich va taklif qilinayotgan tolatozalagich samaradorligi hisoblanib taqqoslab, iqtisodiy afzalliklari kiritildi. Takomillashgan tolatozalagich Kasonsoy paxta tolasi A/J uchun 1 yillik sof foydasi 37926131 so'mni tashkil etadi.

🔑 Kalit soʻz🎯 80.3%

Paxtachilik fanidan tajriba mashg’ulotlarini bajarish uchun

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalari instituti tomonidan tayyorlangan "Paxtachilik" fanidan tajriba mashg'ulotlarini bajarish uchun uslubiy ko'rsatmadir. Unda paxtachilik fanining asosiy tushunchalari, g'o'za biologiyasi, morfologiyasi, agrotexnikasi, undan olinadigan hosilni to'g'ri parvarishlash va yetishtirish texnologiyasi batafsil yoritilgan. Kitob talabalarga g'o'za turlarini aniqlash, ularning ildiz va shox tizimini o'rganish, gullari va mevalari, urug' va tolalarining tuzilishini tahlil qilish, shuningdek, uni parvarishlashda qo'llaniladigan agrotexnik tadbirlarni, jumladan sug'orish, o'g'itlash, zararkunandalarga qarshi kurashish hamda defoliatsiya va desikatsiya kabi jarayonlarni chuqur o'rganishga yordam beradi. Kitobda paxtachilikning muhim jihatlari bo'lgan texnologik jarayonlar, hosildorlikni oshirish usullari va tavsiyalari ham o'z ichiga olgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 80.2%