Poeziyada frazemalardan foydalanish mahorati
Ushbu maqola O'zbek milliy she'riyatida frazemalardan foydalanish mahoratini tahlil qiladi. Unda shoirlarning o'z ijodida frazemalarni qanday qo'llashi, ularning mazmunini kengaytirishi, yangi individual-muallif frazemalar yaratishi kabi jihatlar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, frazemalarning obrazlilikni kuchaytirishdagi, so'z nozikliklarini ifodalashdagi va asarning estetik ta'sirchanligini oshirishdagi o'rni ham yoritiladi. Maqolada Oybek, Abdulla Oripov, G'. G'ulom, T. Farog'iy va boshqa shoirlarning ijodidan namunalar keltirilib, frazemalarning qo'llanilishi tahlil qilingan.