Polimerlarni qayta ishlash jarayoni
Ushbu o'quv qo'llanma polimerlarni qayta ishlash jarayoniga bag'ishlangan bo'lib, unda polimer kompozitsion materiallar olish texnologiyalari, yuqori sifatli materiallar ishlab chiqarish, ularni qayta ishlash usullari, qoliplash jarayonlari, lok-bo'yoq materiallari va ularning turlari hamda qo'shimcha ma'lumotlar berilgan. Kitobda polimerlar kimyosi, ularning fiziko-mexanik xossalari, qayta ishlash texnologiyalari va ekologik masalalar yoritilgan. Qo'llanma kasb-hunar kollejlari uchun mo'ljallangan.