Pomidorning shtambsimon (var. validum (Bailey) Brezh.) hamda oddiy (var. vulgare (Alef.) Brezh.) tur xillari asosida F1duragaylar olish va nav yaratish
Ushbu tadqiqot ishi Oʻzbekistonning janubiy hududlarida pomidorning shtambsimon va oddiy navlarini oʻrganish, ulardan foydalanib yangi, yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli, transportbop F₁ duragaylarini yaratish va bu asosda yangi “Durdona” navini yaratishga bagʻishlangan. Tadqiqotda pomidorning jahon va respublika seleksiyasida qoʻllaniladigan uslublar asosida turli xil oʻsimliklar, mevalari va hosildorligi oʻrganilgan. Yangi “Durdona” navining yaratilishi va uning transportbopligi, hosildorligi hamda boʻrtma nematodaga chidamliligi ilmiy va amaliy jihatdan asoslab berilgan.