Qizilmiya o`simligini parvarishlashda urug`idan va ildiz qalamchadan ko`paytirish texnologiyasi
Ushbu bitiruv malakaviy ishi O'zbekiston sharoitida, xususan Farg'ona viloyatida qizilmiya (Glycyrrhiza glabra L.) o'simligini parvarishlash texnologiyasini yaratish va uni ekologik omillarga bog'liq holda o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda qizilmiyaning biologik-kimyoviy xossalari, uning agrotexnikasi, turli iqlim va tuproq sharoitlarida o'sishi va rivojlanishi, tarkibidagi glitsirrizin moddasining ahamiyati va undan foydalanish usullari batafsil o'rganilgan. Shuningdek, o'simlikning genetik populyatsiyalari, undan dorivor va oziq-ovqat sanoatida foydalanish imkoniyatlari ham ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari asosida qizilmiyani parvarishlash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.