Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobi va soliqqa tortishni takomillashtirish
Ushbu dissertatsiya O'zbekiston Respublikasida qo'shilgan qiymat solig'ining (QQS) hisobi va soliqqa tortish mexanizmlarini takomillashtirishga bag'ishlangan bo'lib, unda QQSni hisoblash va ma'muriyatchiligini takomillashtirish bo'yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda jahon tajribasi va O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga moslashgan holda QQS tizimini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Raqamli iqtisodiyot sharoitida QQSni boshqarish va hisobga olishning zamonaviy usullari, xususan, elektron hisobvaraq-fakturalar va boshqa raqamli texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, soliq imtiyozlarini hisobga olish va nazorat qilishning uslubiy jihatlari ham ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari asosida QQS hisobi va soliqqa tortishni takomillashtirish bo'yicha aniq tavsiyalar berilgan.