Siddiqiy-Ajziyning ma’rifatparvarlik g‘oyalari va uni jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni
Ushbu dissertatsiya avtoreferati Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Bir martalik Ilmiy kengash va Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan tayyorlangan. Avtoreferatda Haqqulov Nabijon Qahramonovichning "Siddiqiy-Ajziyning ma'rifatparvarlik g'oyalari va uni jamiyat taraqqiyotida tutgan o'rni" mavzusidagi falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi haqida ma'lumot berilgan. Dissertatsiyada XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi Turkiston ma'rifatparvar-jadidchilik harakati vakillarining faoliyati, xususan, Siddiqiy-Ajziyning ma'rifatparvarlik g'oyalari hamda ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan o'rni ilmiy-falsafiy jihatdan tadqiq etilgan.