Sportcha yurish va yugurish teхnikasi asoslari
Ushbu kitob yengil atletika sport turi, xususan sportcha yurish va yugurish texnikasi asoslariga bag'ishlangan. Unda sportcha yurish va yugurishning nazariy asoslari, texnikasi, uslubiyati, mashg'ulot jarayonini tashkil etish, sportchilarning tayyorgarligi va musobaqalarda ishtirok etish masalalari ko'rib chiqiladi. Kitobda yengil atletikaning turli xillari, yugurishning texnik xususiyatlari, yurishning biomekanik asoslari, depsinish kuchlari va ularning harakatga ta'siri, shuningdek, sportchining harakatlanish tezligiga ta'sir etuvchi omillar tahlil etiladi. Kitob sportchilar, murabbiylar va yengil atletika bilan qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.