Tехnik kimyoviy nаzоrаt
Ushbu kitobda texnik-kimyoviy nazorat bo'yicha nazariy va amaliy ma'lumotlar berilgan. Unda xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni nazorat qilishning asosiy usullari, laboratoriya jihozlari, kimyoviy va mikrobiologik ko'rsatkichlar, ularning ahamiyati hamda me'yoriy qiymatlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash jarayonlarida amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari, qo'shimcha texnologik jarayonlar va ularning ahamiyati haqida ham ma'lumotlar keltirilgan. Kitobda sut va sut mahsulotlari, go'sht va go'sht mahsulotlari, tuxum mahsulotlari, yog'lar, mevalar va sabzavotlar, konserva mahsulotlari hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini nazorat qilishning o'ziga xos jihatlari ham bayon etilgan.