Samarqand viloyati sharoitida helianthus tuberosus l. (topinambur) ning morfo-biologik xususiyatlari
Ushbu dissertatsiya ishi Samarqand viloyati sharoitida Helianthus tuberosus L. (topinambur) ning morfo-biologik xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda topinamburning genetik xususiyatlari, o'sish dinamikasi, barg va poya anatomiyasi, shuningdek, Samarqand viloyati tuproq-iqlim sharoitiga moslashuvchanligi o'rganilgan. Tadqiqot natijalari topinamburni mintaqada yem-xashak va texnik o'simlik sifatida introduksiya qilish va undan samarali foydalanish bo'yicha tavsiyalar beradi.