Uchburchaklar bo’limini takrorlash
Ushbu kitob Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 5-UO'T maktabining matematika fani o'qituvchisi Habibullayeva Muhabbat tomonidan 7-sinf geometriya fanidan "Uchburchaklar bo'limini takrorlash" mavzusida yaratilgan bir soatlik noan'anaviy dars ishlanmasidir. Dars ishlanma kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda o'quvchilarning bilimini mustahkamlashga qaratilgan bo'lib, o'quvchilarda kompyuterda ishlash ko'nikmalarini shakllantirishni maqsad qilgan. Dars interaktiv shaklda, savol-javoblar, masalalar yechish, jumlalarni to'ldirish va amaliy topshiriqlarni bajarish orqali olib boriladi. Darsning yakunida o'quvchilarning ishtiroki baholanadi va uyga vazifa beriladi.