Umumsanoat andozaviy mexanizmlarining avtomatlashtirilgan elektr yuritmalari
Ushbu kitobda asosan sanoat mexanizmlarining elektr yuritmalari, ularning ishlash rejimlari, texnik sharoitlari, tanlash mezonlari, boshqarish tizimlari, kranlar, liftlar, ekskavatorlar, konveyerlar, nasoslar, ventilyatorlar, kompressorlar kabi turli sanoat mashinalarining elektr jihozlari va ularning avtomatlashtirish tizimlari keng qamrovli tahlil qilingan. Shuningdek, energiya tejamkor elektr yuritmalarni loyihalash va tadbiq etish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.