Development of Fractal Equations of National Design Patterns based on the Method of R-Function
Ushbu maqola R-funksiya (RFM) usuli asosida milliy dizayn naqshlarining fraktal tenglamalarini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Chiziq tenglamasi, aylana tenglamasi va R-funksiyalar usulining R-kon'yunksiyalari, R-dis'yunksiyalari va R-refleksiyalari kabi konstruktiv vositalaridan foydalanib, turli xil daraxtsimon fraktallar, kesishmalar, aylanalarga tegishli fraktallar tenglamalari yaratilgan. Iteratsiyalar soni va moyillik burchagi kabi parametrlar yordamida turli xil prefraktallar hosil qilinadi. Ushbu fraktallar kompyuter landshaftlarini yaratish, turli xil illyustratsiyalar, telekommunikatsiyalar, to'qimachilik sanoati, keramika va chinni mahsulotlari uchun naqshlar chizish, shuningdek, O'zbek milliy gilamlari va liboslarining zamonaviy dizaynini ishlab chiqishda qo'llanilishi mumkin. Maqolada R-funksiyalar usuli yordamida daraxtlar va doiralar shakllarining fraktal modelini tuzish va ularni Delphida dasturlash muhitida qo'llash ko'rsatilgan.