Veterinariya parazitologiya
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi tomonidan nashr etilgan «Veterinariya parazitologiyasi» nomli o'quv qo'llanmasidir. Kitobda parazitologiyaning umumiy biologik asoslari, invazion kasalliklar, ularga qarshi kurash choralari, gelmintlar, protozoylar, bo'g'imoyoqlilar, jumladan kanalar, hasharotlar va ular chaqiradigan kasalliklar, shuningdek ularning oldini olish usullari keng yoritilgan. Qishloq xo'jalik hayvonlari va parranda kasalliklarining oldini olish va davolash bo'yicha ma'lumotlar berilgan. Kitob kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo'ljallangan.