WISH/DESIRE-ISTAK/XOHISH kategoriyasini diskursda voqelantiruvchi vositalarning lingvopragmatik tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)
Ushbu dissertatsiya avtoreferati ingliz va oʻzbek tillarida istak/xohish (WISH/DESIRE – ISTAK/XOHISH) kategoriyasining lingvopragmatik tadqiqiga bagʻishlangan. Unda ushbu kategoriyaning leksik-semantik, morfologik, sintaktik va pragmatik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinib, madaniy va kognitiv omillar bilan bogʻliqligi aniqlangan. Tadqiqot natijalari tilshunoslikning turli sohalari, jumladan, lingvomadaniyatshunoslik, kognitiv tilshunoslik va qiyosiy tipologiya uchun nazariy asos yaratadi. Shuningdek, ishda oʻzbek tilida istak/xohish kategoriyasining milliy-madaniy va diniy xususiyatlari, gender jihatdan farqlari hamda diskursdagi pragmatik funksiyalari ochib berilgan. Tadqiqot natijalaridan ta'lim jarayonida, oʻquv qoʻllanmalar yaratishda va tarjima faoliyatida foydalanish mumkin.