Xalkogenidli yarimo‘tkazgichli plyonkalarning optik va golografik xossalari
Ushbu dissertatsiya As-Se va As-S xalkogenli shishasimon yarimo'tkazgichli plyonkalarning optik va golografik xossalarini, shuningdek, gamma-nurlanishning turli dozalarining bu xossalarga ta'sirini atroflicha o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda yangi optik qurilmalar yaratildi, tajriba natijalari olingan va ular tahlil qilingan. Natijada, bu materiallarning optik axborotni yozish, saqlash va qayta ishlash uchun istiqbolli ekanligi tasdiqlangan.