Yadro fizikasi
Ushbu kitob "Yadro va elementar zarralar fizikasi" fanidan o‘quv-metodik majmua bo‘lib, unda yadro fizikasining asosiy tushunchalari, qonuniyatlari, nazariyalari va usullari, shuningdek, atom yadrosining tuzilishi, xususiyatlari, yadro kuchlarining tabiati, yadro reaksiyalari va elementar zarralar fizikasiga oid ma'lumotlar batafsil yoritilgan. O'quv-metodik majmua talabalarning mustaqil ishlashlari, amaliy mashg‘ulotlar, oraliq va yakuniy nazorat savollari, variantlari bilan ta'minlangan.