Mahalliy navli yormabop donlardan yorma olish texnologiyasini tadqiq qilish
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasida don va yorma mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalariga bag'ishlangan. Unda sholi donidan yorma olish texnologiyasini takomillashtirish, mahalliy navlarni tadqiq qilish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash masalalari ko'rib chiqilgan. Kitobda don tarkibi, uning xossalari, ishlov berish usullari, texnologik jarayonlar va ularning samaradorligiga oid ma'lumotlar keltirilgan. Magistrlik dissertatsiyasi doirasida bajarilgan ilmiy izlanishlar natijalari asosida xulosalar va takliflar berilgan.