Zol gel texnologiyasi bilan kuchsiz kislotali muhitni aniqlovchi vizual sensor ishlab chiqish
Ushbu tadqiqot ishi zol-gel texnologiyasi yordamida kuchsiz kislotali muhitni aniqlovchi vizual sensor tayyorlashga bag'ishlangan. Unda bromtimol ko'ki indikatori va TEOS asosidagi zol-gel materialidan foydalanilgan. Ishda zol-gel jarayonining asosiy bosqichlari, kimyoviy xossalari va ularning pH o'lchashdagi roli batafsil o'rganilgan. Tayyorlangan sensorlarning optik va spektral xossalari, javob vaqti va barqarorligi tahlil qilingan. Natijalar shuni ko'rsatdiki, zol-gel texnologiyasi yordamida tayyorlangan vizual sensorlar kislotali muhitni aniqlashda samarali bo'lib, ular tez javob berishi va uzoq muddat davomida o'z xossalarini saqlab qolishi aniqlangan.