Patologik anatomiya va patologik fiziologiya
Ushbu o'quv qo'llanma tibbiyot kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Anatomiya, fiziologiya va patologiya» fani o'quv dasturi asosida tuzilgan. Kitobda odam organizmi a'zolari va tizimlarining normal tuzilishi va faoliyati, ularning ba'zi bir patologik holatlarda o'zgarishi, shuningdek, moddalar almashinuvi va ularning buzilishi haqidagi ma'lumotlar keltirilgan. Latin atamalari xalqaro anatomik terminlarga mos ravishda berilgan.