Автоматлаштирилган электр юритма
Ushbu kitob asosan elektr mashinalari, xususan asinxron motorlarga bag'ishlangan. Unda elektr mashinalarining vazifalari, turlari, tuzilishi, ishlash prinsiplari, hisoblash usullari va qayta o'rash texnologiyalari haqida ma'lumotlar berilgan. Kitobda asinxron motorlarning asosiy o'lchamlarini hisoblash, stator cho'lg'amlarini loyihalash, motorlarni qayta cho'lg'amlashda bajariladigan hisoblashlar, turli kuchlanishlarga moslash, yo'qotilgan ma'lumotlarni tiklash kabi masalalar batafsil yoritilgan. Shuningdek, uch fazali asinxron motorlarni bir fazali tarmoqqa ulash usullari ham ko'rsatilgan.