Matematikalıq analiz
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan davlat ta'lim standartlari va dasturlariga muvofiq ravishda tayyorlangan. Kitobda matematik analizning asosiy tushunchalari, ularning geometrik va mexanik ma'nolari, funktsiyaning limiti, uzluksizligi, hosilasi, differensiali, funksiyaning monotonligi va ekstremumlari, qavariqligi, egiluvchanligi, Teylor va Makloren qatorlari, shuningdek, ko'p o'zgaruvchili funksiyalar, vektorlar, qo'sh integral, chiziqli va sirtqi integrallar, ularning qo'llanilishi hamda boshqa muhim mavzular keng yoritilgan. Kitob talabalarga ushbu fanning asosiy tushunchalari va uslublarini o'zlashtirishda, mustaqil ravishda bilimlarini chuqurlashtirishda yordam beradi.