Дарс жараёнларини ташкил этишда интерфаол усулларнинг қўлланилиши
Ushbu maqola dars jarayonlarini tashkil etishda interfaol usullarni qo'llashga bag'ishlangan. Unda zamonaviy ta'limning asosiy vazifalaridan biri sifatida mustaqil fikrlaydigan shaxsni kamol toptirish masalalari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, intellektual salohiyatning davlat rivojlanishidagi o'rni, ta'lim tizimini tashkil etish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, o'qituvchilarning rolini oshirish kabi masalalar yoritilgan. Maqolada interfaol usullarning afzalliklari, psixologik tadqiqotlar natijalari, "Sinkveyn", SWOT-tahlil, "Aseesment" kabi interfaol metodlar haqida ma'lumot berilgan va ularni amaliyotda qo'llash misollari keltirilgan. Interfaol ta'limning mohiyati, afzalliklari va uni tashkil etish tamoyillari ham ko'rsatib o'tilgan.