Педагогика ва психология
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan pedagogika va psixologiya fanining asosiy jihatlarini oʻrganishga moʻljallangan qoʻllanmadir. Unda pedagogika fanining predmeti, asosiy tarmoqlari, kategoriyalari, metodlari, shuningdek, tarbiya nazariyasi, ta'lim nazariyasi va ta'limning zamonaviy texnologiyalari kabi masalalar batafsil yoritilgan. Bundan tashqari, kitobda pedagogik mahorat asoslari va psixologiyaning dolzarb vazifalari, predmeti, shuningdek, shaxsning bilish jarayonlari va ijtimoiy xulq-atvori kabi mavzularga ham alohida e'tibor qaratilgan.