Саримосоқ пиёз куруқ шарбати асосида капсула дори шаклини яратишда мўътадил таркибни танлаш
Maqolada sarimsoq piyoz asosidagi kapsula dori shaklini yaratishda mu'tadil tarkibni tanlash masalalari ko'rib chiqilgan. Unda O'zbekiston aholisini sifatli dori vositalari bilan ta'minlashning ahamiyati, mahalliy xom ashyolardan dori ishlab chiqarishning dolzarbligi, sarimsoq piyozning tibbiyotdagi ahamiyati va uning asosida dori shakllarini yaratishning istiqbollari haqida ma'lumotlar berilgan. Kapsulalarni to'ldirish usullari, nam donadorlashning afzalliklari tahlil qilingan va sarimsoq piyoz quruq sharbati asosida kapsula dori shaklini yaratish uchun mu'tadil tarkibni tanlash maqsad qilingan. Tajriba natijalari, turli tarkiblar bo'yicha massa va kapsulalarning sifat ko'rsatkichlari, texnologik xususiyatlari keltirilgan. Olingan natijalar asosida mualliflar xulosa yasab, maqsadga muvofiq tarkiblar va texnologiyani tanlab olish imkoniyatini ko'rsatganlar.