Сушка плодов сельскохозяйственных культур: моделирование, оптимизация, разработка высокоэффективных аппаратов
Ushbu avtoreferat dissertatsiya ishining qisqacha mazmunini bayon etadi. Unda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, xususan mevalarni quritishning ilmiy-texnik asoslari, usullari va qurilmalari haqida ma’lumot berilgan. Tadqiqotning maqsadi quritish jarayonlarini modellashtirish, optimallashtirish hamda energiya tejaydigan yuqori samarali qurilmalarini ishlab chiqishdan iborat. Avtoreferatda tadqiqot usullari, olingan natijalar va ularning ilmiy hamda amaliy ahamiyati, tadbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi haqida qisqacha ma’lumotlar keltirilgan.