Insoniyatni elektr energiya bilan taminlashda shamol energiyasining o’rni
Ushbu maqola insoniyatni elektr energiya bilan ta'minlashda shamol energiyasining muhim o'rnini tahlil qiladi. Maqolada atmosfera jarayonlarining energiya manbai sifatida shamolning shakllanishi, uning xarakteristikasi (tezlik va yo'nalish), shamolning kuchiga ta'sir etuvchi omillar, shamolning iqlimga va ob-havoga ta'siri atroflicha yoritilgan. Shuningdek, shamolning qadimgi energiya manbai ekanligi, uning texnologiyadagi rivojlanishi, elektr energiya ishlab chiqarishda qo'llanilishi, jumladan, shamol tegirmonlari va stansiyalarining tarixi, ularning zamonaviy qo'llanilishi va kelajakdagi potensiali haqida batafsil ma'lumot berilgan. Maqolada shamol energiyasining iqtisodiy va ekologik ahamiyati hamda dunyo mamlakatlarida uning qo'llanilishi bo'yicha statistik ma'lumotlar keltirilgan.