“Кўчар мулк қийматини баҳолаш” фанидан ўқув-услубий мажмуа
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy oʻquv dasturi asosida tayyorlangan boʻlib, koʻchar mulk qiymatini baholashning nazariy asoslari, tamoyillari, usullari, huquqiy va tashkiliy masalalari, shuningdek, moliyaviy hisobotlar va axborot tizimlari hamda koʻchar mulkning turli turlarini baholash kabi muhim mavzularni qamrab oladi. Kitobda koʻchar mulk qiymatini baholashda qoʻllaniladigan xalqaro va milliy standartlar, risklarni baholash, garov va sugʻurta maqsadida baholash kabi amaliy masalalarga ham urgʻu berilgan. Shuningdek, har bir mavzu boʻyicha nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashgʻulotlar va mustaqil taʼlim uchun ham topshiriqlar keltirilgan.