Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi
Ushbu kitob «Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi» fanidan tayyorlangan o’quv-metodik majmua bo’lib, unda tabiatshunoslik fanining nazariy asoslari, o’qitish metodlari, vositalari, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, hamda o’quv jarayonida ularning ahamiyati tahlil qilingan. Majmuada o’lkashunoslik, ekologik ta’lim va tarbiya, shuningdek, tabiatshunoslikni o’qitishda yangi yondashuvlar, jumladan, interfaol metodlardan foydalanish masalalariga alohida urg‘u berilgan. Kitobda shuningdek, tabiatshunoslik darslarini tashkil etishga oid masalalar, jumladan mavzularning mazmuni, dars ishlanmalari, darsdan tashqari ishlarni tashkil etish, baholash mezonlari, turli xil nazorat va testlar, hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiatshunoslik fanidan zamonaviy bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uchun materiallar keltirilgan.