Elastik plastinka erkin tebranishlari
Ushbu maqola uch qatlamli elastik plastinkaning tebranish tenglamalarini o'rganadi. Maqolada dastlab uch qatlamli plastinkalar uchun umumiy tenglamalar keltirib chiqarilgan. So'ngra, xususiy holda bir qatlamli plastinka uchun tebranish tenglamalari hosil qilinib, ularni yechish usullari ko'rsatib berilgan. Shuningdek, yechimlarni aniqlash uchun algoritm ishlab chiqilgan va Maple 12 dasturi yordamida grafiklarning hosil qilinishi tahlil qilingan. Turli parametrlar o'zgarganda plastinka deformatsiyasining qanday o'zgarishi grafiklar orqali ko'rsatilgan.