Fotorefraktiv yarimo‘tkazgichlarning va oksidli kristallarning optik va golografik xossalari
Ushbu dissertatsiya mavzusi zamonaviy yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika sohasidagi muhim muammolarni, xususan, fotorefraktiv yarimoʻtkazgichlar va oksidli kristallarning optik va golografik xossalari hamda ularning y-nurlanish ta'sirida oʻzgarishini tadqiq etishga bagʻishlangan. Tadqiqotda niobiy litiy (LiNbO3) va temir bilan legirlangan niobiy litiy (LiNbO3:Fe) kristallari hamda rux oksidi (ZnO) asosidagi yarimoʻtkazgich-segnetoelektrik tuzilmalarining optik va elektrooptik xossalari oʻrganilgan.