Funksiya tushunchasi
Ushbu kitobda funksiya tushunchasi, uning berilish usullari, turlari, xossalari va asosiy elementar funksiyalar batafsil ko'rib chiqilgan. Kitobda funksiyalarni analitik, grafik va jadval usullarda berish, ularning aniqlanish sohasi va qiymatlari to'plami, bir qiymatli va ko'p qiymatli funksiyalar, oshkor va oshkormas funksiyalar, elementar va elementar bo'lmagan funksiyalar hamda asosiy algebraik va transsendent funksiyalar haqida ma'lumotlar berilgan. Kitob matematik analizning asosiy tushunchalarini o'rganishda yordam beradi.