G.E.Lessingning ”Donishmand Natan” dramasi va uning yozilish tarixiga doir
Gottxold Efraim Lessingning «Donishmand Natan» dramasi jahon adabiyotining umrboqiy asarlari qatoridan mustahkam o'rin olgan. Asarda ma'rifatparvarlik g'oyalari, insonparvarlik, dinlararo bag'rikenglik kabi mavzular ko'tarilgan bo'lib, turli din vakillari o'rtasidagi munosabatlar, insonning aql-idroki va mehr-oqibati kabi masalalar tahlil etiladi. Asar qahramonlari orqali Lessing o'z davrining ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy muammolarini yoritib beradi.