O’zbekistonda suv-irrigatsiya tizimi va sug’orish inshootlarining shakllanishi (Namangan viloyati misolida)
Ushbu kitobda Namangan viloyati suv-irrigatsiya tizimi va sug‘orish inshootlarining shakllanish tarixi batafsil yoritilgan. Unda Qadimgi Farg‘ona davridan boshlab hozirgi kungacha bo‘lgan davr mobaynida sug‘orish tizimining rivojlanishi, qishloq xo‘jaligining shakllanishi va bu jarayonda sug‘orishning o‘rni, sovet mustamlakachiligi davrida olib borilgan tadbirlar, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari hamda ushbu sohadagi muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar atroflicha ko‘rib chiqilgan. Kitobda Namangan viloyati suv xo‘jaligi tizimining barcha bosqichlari, jumladan, iqtisodiy-geografik joylashuvi, suv manbalari, sug‘orish texnikasi, sug‘orish tarmoqlarining qurilishi va ulardan foydalanish, meliorativ tadbirlar, suvdan foydalanishning huquqiy va me’yoriy asoslari, hamda suv resurslarini boshqarishning zamonaviy tizimi kabi masalalar atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda sug‘orish tizimining taraqqiyoti, uning Namangan viloyati ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’siri, suv resurslaridan samarali foydalanishning muhimligini ko‘rsatadi.