Kadrlar bilan ishlashni tashkil qilish
Ushbu kitob kadrlarni boshqarishga oid bo'lib, korxonalarda kadrlarni tanlash, joylashtirish, ishga qabul qilish, bo'shatish, hisobini yuritish, attestatsiyadan o'tkazish va mehnat nizolarini hal qilish kabi jarayonlarni tashkil etish masalalarini o'rganadi. Kitobda, shuningdek, xodimlarning huquqlari va majburiyatlari, mehnat daftarchalarini to'ldirish tartibi, xizmat safarlari va mehnat ta'tillari kabi masalalarga ham e'tibor qaratilgan.