MODULLI O‘QITISH TIZIMI VA UNING TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI O‘RNI HAMDA AHAMIYATI
Mazkur monografiya oliy ta'lim tizimida kredit-modul tizimini joriy etish va talabalarning mustaqil ta'lim faoliyatini tashkil etishga bag'ishlangan bo'lib, unda talabalar o'quv jarayonini o'zlashtirishda o'z imkoniyatlariga qarab o'qitishga yo'naltirilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy va uslubiy jihatlari, shuningdek, kredit-modul tizimining mohiyati, maqsad va vazifalari, uning asosiy tushunchalari hamda jahon tajribalari tahlil qilingan. Shuningdek, mustaqil o'quv ishlari turlari, ularning mazmuni va tashkil etilishi bo'yicha tavsiyalar berilgan.