Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Namangan muhandislik - texnologiya instituti, "Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish" kafedrasi tomonidan tayyorlangan "Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish" fanidan ma'ruzalar matnidir. Kitobda fanga kirish, metrologiya va standartlashtirishning maqsad va vazifalari, ularning rivojlanish tarixi, metrologiyaga oid asosiy tushunchalar va qoidalar, o'lchashlar va ularning turlari, o'lchash xatoliklari va klassifikatsiyasi, o'lchash vositalari va ularning metrologik tavsiflari, standartlashtirish haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, sifatni boshqarish tizimi, xalqaro ISO-9000 seriyali standartlar, ekspert-auditorlar, texnik jihatdan tartibga solish, mahsulotni sertifikatlashtirish va uning turlari, metrologiya va standartlashtirish davlat tizimi asoslari kabi muhim mavzular ham o'rin olgan. Kitobda umumiy tushunchalar, qoidalar, nazariyalar bilan bir qatorda, amaliy misollar va nazorat savollari ham keltirilgan.