Optikadan fizpraktikum
Ushbu kitob optika faniga oid laboratoriya ishlar to'plami bo'lib, unda geometrik optika, fotometriya, dispersiya, interferentsiya, difraktsiya, qutblanish, nurlanish va optik kvant generatorlari bilan bog'liq bo'lgan jami 13 ta laboratoriya ishlarining to'liq tavsifi keltirilgan. Kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Al-Xorazmiy nomidagi Urganch Davlat universiteti talabalari uchun mo'ljallangan. Kitobda laboratoriya ishlarining nazariy asoslari, bajarish usullari, tajriba natijalarini qayta ishlash, xatoliklarni hisoblash kabi masalalar batafsil yoritilgan.