Xalkogenid birikmalar negizida avtonom optoelektron qurilmalar yaratish
Ushbu dissertatsiya yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika sohasida oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini oʻz ichiga oladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi xalkogenid birikmalari asosida avtonom optoelektron qurilmalar yaratish va ularning fotoelektrik, fotomagnitoelektrik, tenzoelektrik va termoelektrik hodisalarini oʻrganishdir. Tadqiqotda yangi optoelektron qurilmalar yaratish texnologiyalari ishlab chiqilgan, ularning ilmiy va amaliy ahamiyati koʻrsatilgan.