Zoogeografiya
Ushbu kitob zoogeografiya fanini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda hayvonlarning geografik tarqalishi, xilma-xilligi, faunani muhofaza qilish masalalari, shuningdek, O'rta Osiyo hayvonot olamining o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Kitobda zoogeografiyaning nazariy asoslari, biosferaning tuzilishi, ekologik omillar, faunistik rayonlashtirish, umurtqali hayvonlarning tarqalish qonuniyatlari va zoogeografik viloyatlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.