Методы статистического анализа и исследование зависимостей медицинских данных
Ushbu maqolada turli xil statistik tahlil usullarini tibbiy ma'lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlashda qo'llanilishi nuqtai nazaridan tadqiq qilish natijalari keltirilgan. Har bir usulning afzalliklari va kamchiliklari berilgan. Maqolada korrelyatsion tahlil (o'zgaruvchilar o'rtasidagi bog'liqlik faktini aniqlash uchun) va regressiya tahlili (o'zgaruvchilar o'rtasidagi miqdoriy bog'liqlikni aniqlash uchun) kabi usullar batafsil ko'rib chiqilgan. Shuningdek, chiziqli va chiziqli bo'lmagan regressiya turlari, parametrik va nonparametrik usullar taqqoslangan. Binar va multinomial logistik regressiya usullari ham tahlil qilingan. Maqola tibbiy ma'lumotlarni tahlil qilishda statistik usullarni qo'llash bo'yicha amaliy tavsiyalar beradi.