Noravshan to‘plamlar nazariyasi asosida tasvirlarni tahlil qilish algoritmlari
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida roʻyxatga olingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi raqamli tasvirlarni tahlil qilish, qayta ishlash va tasvirlardagi obyekt va uning belgilarini shakllantirish, tanib olish usul va algoritmlarini takomillashtirish hamda hisoblash algoritmlarini yaratishga yo'naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, noravshan toʻplamlar nazariyasi elementlari asosida tasvir kontrastini normallashtirish, tasvirdagi xalaqitlarni bartaraf etish, tasvir obyektlari konturlarini ajratish va segmentash, tasvir obyektlarini tanib olish algoritmlarini ishlab chiqish, takomillashtirish hamda avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Tadqiqotning asosiy xulosalari quyidagi asosiy fikrlarga asoslanadi: 1. Raqamli tasvirni qayta ishlash masalalarida qoʻllaniladigan usullar tahlil qilingan va tizimlashtirilgan. 2. Raqamli tasvirni qayta ishlash masalalarida noravshan usullarning matematik apparatidan foydalanish bo'yicha adabiyotlar manbalari tahlili shuni ko'rsatdiki, bu usullar asosan tasvir kontrastini oshirish, konturni ajratish va segmentlash kabi masalalarda qoʻllaniladi. Biroq, bu usullar hisoblash jarayonlarinig murakkabligi tufayli tasvirni qayta ishlashning amaliy muammolarini hal qilishda keng qoʻllanilmagan. 3. Tadqiqot maqsadi aniqlangan va noravshan toʻplamlar apparati yordamida tasvirni qayta ishlash muammolari shakllantirilgan. Bunda asosiy e'tibor quyidagi vazifalarga qaratilgan: 1) noravshan mantiq usullari yordamida tasvir sifatini oshirish; 2) tasvirlarda obyektning konturlarini ajratib koʻrsatish; 3) noravshan toʻplamlarning matematik apparati yordamida tasvirni segmentatsiyalash.