Yog’larni qayta ishlash texnologiyasi
Kitob «Yogʻlarni qayta ishlash texnologiyasi» fani bo'yicha nazariy va amaliy ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Unda yog'lar va moylar turlari, ularning tarkibi, rafinatsiyalash, gidrogenlash, neytrallash, dezodoratsiya, oqlash, yogʻ kislotalarini olish, glitserin ishlab chiqarish, sovun ishlab chiqarish, margarin va mayonez ishlab chiqarish texnologiyalari hamda ulardagi uskuna va jarayonlar, sifat ko'rsatkichlari, laboratoriya mashg'ulotlari, savol va javoblar kabi muhim mavzular chuqur yoritilgan. Kitobda keltirilgan har bir mavzu o'zining nazariy asoslari bilan birga amaliy jihatdan ham keng yoritilgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasida yog'-moy sanoatining rivojlanish istiqbollari ham ko'rsatib berilgan.