Musiqiy ta'limda aksiologik yondashuv
Ushbu maqola Buxoro musiqa merosini aksiologik yondashuv asosida o'rganishga bag'ishlangan. Unda Buxoro musiqasi tarixiy, ilmiy, badiiy va ma'naviy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada musiqiy ta'limda qadriyatlarning o'rni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyati, shuningdek, Buxoro musiqa maktabi namoyandalarining ijodiy merosi va ularning musiqa ta'limida qo'llanilishi haqida so'z boradi. Shuningdek, maqolada Buxoro musiqa madaniyatining dunyo sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi va uning milliy madaniyatimizni boyitishdagi roli ham ta'kidlangan.