Fauna,biology and ecology of melon pests in the condition of the Khorezm oasis (Хоразм воҳасида учровчи қовун заракунандаларининг фаунаси, биологияси, ва экологияси)
Ushbu tadqiqot Xorazm vohasida qovun va boshqa poliz ekinlari zararkunandalari, xususan qovun pashshasining (Myiopardalis pardalina) bioekologiyasini, tarqalishini va ularga qarshi kurashish usullarini oʻrganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda zararkunandalarining turi, biologiyasi, ekologiyasi va tarqalish areali aniqlangan. Shuningdek, ularning rivojlanish sikli, zararlash usullari va mavsumiy dinamikasi oʻrganilgan. Tadqiqot natijasida aniqlangan zararkunandalarga qarshi kurashda mexanik va biologik usullardan foydalanish tavsiya etiladi.